🏫 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonligida o‘quvchilar o‘rtasida “Vatanparvarlik” turniri muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur musobaqada mezbon jamoa bilan bir qatorda Olmazor tumanidagi turli ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan o‘quvchilar ham faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tdi hamda ishtirokchilar tomonidan sport mahorati, jamoaviy hamjihatlik va Vatanga sadoqat kabi muhim fazilatlar namoyon etildi.

Turnir yakunida barcha jamoalar o‘zlarining faolligi, intilishi va fidoyiligi uchun munosib taqdirlandilar.

Tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan ustozlar va tashabbuskorlarga chuqur minnatdorchilik bildiriladi.

🌟 Yoshlar — yurt kelajagi.
Ularning har bir yutug‘i Vatanimiz ravnaqi sari qo‘yilgan muhim qadamdir.