📌 Bugun 9-sentabr, Mirzo Ulug’bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda Xalqaro fan olimpiadalarida g’olib bo’lgan o’quvchilarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi

✔️ Taqdirlash marosimiga Oliy ta’lim , fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Yo’lchiyevich Abdurahmonov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tashrif buyurdi va xalqaro hamda mintaqaviy fan olimpiadalarda vatanimiz bayg’rog’ini yuqoriga ko’tarib, g’olib va sovrindor bo’lgan o’quvchilarni diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlashdi.

✔️ Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilari Nazarov Azizbek, Hakimova Shahzoda, Zuhriddinov Biloliddin va Bahodirov Ahror diplom va pul mukofotlari sohibi bo’lishdi.