Mazkur nufuzli xalqaro olimpiadada oʼzbekistonlik oʼquvchilar ham munosib ishtirok etdi.

Yakuniy natijalarga koʼra, 1 ta oltin hamda 3 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishdi.

53-Xalqaro kimyo olimpiadasida (IChO) gʼolib boʼlgan oʼquvchilarimiz:

🥇 Sobirjon Amanov – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyi oʼquvchisi, oltin medal;

🥉 Firdavs Sobirov – Buxoro shahar 35-umumtaʼlim maktabi oʼquvchisi, bronza medal;

🥉 Durdona Muxtorxoʼjaeva – Ibn Sino maktab-internati oʼquvchisi, bronza medal;

🥉 Ikromiddin Boymahammadov – Ibn Sino maktab-internati oʼquvchisi, bronza medal;

Mazkur gʼalaba bilan oʼquvchilarni, ularga tarbiya va bilim bergan oʼqituvchilarini hamda ota-onalarini tabriklaymiz!