Unda nufuzli fan olimpiadalari, xususan 56-Xalqaro kimyo olimpiadasi,
54-Xalqaro kimyo olimpiadasi (ICHO)
63-Xalqaro matematika olimpiadasi, 33-Xalqaro biologiya olimpiadasi g’oliblari taqdirlandi.

Tadbirda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar o’quvchilariga ham mukofot topshirildi.

Shuningdek, o’quvchilari xalqaro olimpiadalar g’olibi bo’lgan mazkur maktabning trenerlari Mohira Boltayeva, Javlon Muhsumov, Durdona Muxtorxo’jayeva ham taqdirlandilishdi.

Tadbirning o’zidayoq eng nufuzli xalqaro va mintaqaviy olimpiadalar g‘oliblari va ularning ustozlariga pul mukofotlari topshirildi.

Eslatib o’tamiz, nufuzli xalqaro olimpiadaning:

Oltin medal sohibiga 150 million, o’qituvchisiga 135 million so’m,

Kumush medal sohibiga 90 million, o’qituvchisiga 75 million so’m,

Bronza medal sohibiga 60 million, o’qituvchisiga 45 million so’m pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.