Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi (https://t.me/uzedu) Xalqaro olimpiadalarga tayyorgarlik ishlarini tashkil etish bo‘yicha mas’ul xodimlari tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida nufuzli Xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O’zbekiston terma jamoasi a’zolari bilan tayyorgarlik jarayonlariga bag’ishlangan Press-tur tadbiri bo’lib o’tdi.

Shuningdek, kimyo fanidan 56-Mendeleyev xalqaro olimpiadasida oltin, Xitoyda o’tkazilgan 54-xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medallar sohibi, maktabning sobiq o‘quvchisi Azimjon Jamolov tomonidan mahorat mashg‘uloti tashkil etildi.