Abu Ali ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi 2022-2023 o‘quv yilini yangi sharoitlarda boshlaydi. Rekonstruksiya ishlari natijasida pedagoglar va o‘quvchilar orzusidagi sharoitlar yaratildi. O’quv binosi ham, laboratoriyalar ham nafaqat yuksak bilimli yoshlar, balki mutaxassislarni tayyorlaydigan darajada.