Bugun, 24-noyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan ta’lim sohasidagi eng dolzarb masalalarni hal qilishni maqsad qilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” deb nomlangan xalqaro ta’lim forumi o‘z ishini boshladi.
Anjumanlar saroyining ko‘rgazmalar zalida Prezident ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Prezident,ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tomonidan tashkil etilgan loyiha va taqdimotlar namoyishi o‘tkazildi.