Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida “Birinchi qo’ng’iroq” tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirni maktab direktori, texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), II darajali “Sog’lom avlod uchun” ordeni sohibi Jamoliddin Kamolov ochib berdi.

Shuningdek, tadbirga tashrif buyurgan hamkor tashkilot va muassasalar vakillari hamda ota-onalar barcha o’quvchilar va pedagogik jamoani yangi o’quv yili bilan muborakbod etdilar.

✔️Tadbirda, Abu Ali ibn Sino va D.I. Mendeleyev simolari gavdalanib, ular o’quvchilarga ezgu vasiyatlarini izxor qildilar. Shuningdek, kimyo va biologiya fani o’qituvchilari shogirtlari bilan o’z ko’rgazmali chiqishlarini namoyish etdilar.

Tadbir yakunida o’quvchilar qasamiyoti qabul qilindi va maktabning madhiyasi jonli kuylandi.