🌱Yashil kelajak sari qadam: ekologik tanlovda 2-o‘rin

Maktabimizning 8-D sinf o‘quvchisi Abdullayeva Kamila
Climate Box Uzbekistan ekologik loyihalar tanlovida munosib ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Mazkur tanlov Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Zamin” xalqaro fondi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, unda yurtimizning turli hududlaridan iqtidorli o‘quvchilar o‘z innovatsion loyihalari bilan qatnashdilar.

O‘quvchimizning “EcoHero” va “Eko kundalik” nomli loyihasi ekologik o‘yin platformasi bo‘lib, yoshlarni tabiatni asrashga, ekologik madaniyatni yuksaltirishga hamda ekologik tashabbuslarda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Ushbu yutuq maktabimizda ekologik ong, ijodkorlik va tashabbuskorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Maktabimiz jamoasi nomidan Abdullayeva Kamilaga kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar va yangi marralar tilaymiz!