Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida bahor oyida 500 ta to‘rt xil navdagi olma intensiv bog‘i yaratildi.

Bugungi kunda “Maktabimizni eng obod maskanga aylantiramiz” shiori ostida o‘tkazilgan
marafonda har bir o‘quvchiga bir donadan bog‘dagi ko‘chatlar biriktirildi.

SHu orqali o‘quvchilarga mustaqil ilmiy tadqiqot ishlarida o’z tajribalarini olib borishlari va biologik xilma-xillikni kuzatishlari, shuningdek, daraxtlarni parvarishlashlari uchun imkoniyat yaratiladi.

Tadbir davomida maktab hududi har bir sinfga taqsimlandi va har bir sinf hududiga alohida nomlar berildi. Xususan, “Yangi O‘zbekiston”, “Yosh botaniklar”, “Yosh biologlar”, “Kichik akademiklar”, “Yosh kimyogarlar”, “Yangi hayot”, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik” shular jumlasidandir.

Tadbirda barcha pedagog tarbiyachilar va o‘quvchilar faol ishtirok etdilar.