- Posted on
- Umumiy,Yangiliklar
- 441 Views
Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida daraxt ekish aksiya tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda ixtisoslashtirilgan maktab pedagogik jamaosi va o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etishdi. Maktab hududida 2000 mingdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar bo‘lib, har bir sinfga obodonlashtirish va parvarishlash uchun hududlar taqsimlangan hamda ular alohida nomlar bilan ataladi. Masalan, “Yangi O‘zbekiston bog‘i”, “Botanika bog‘i”, “Yosh biologlar bog‘i”, “Yosh akademiklar bog‘i”, “Yosh kimyogarlar bog‘i”, “Yangi hayot bog‘i”, “Bog‘ishamol”, “Do‘stlik bog‘i” shular jumlasidandir. Aksiya tadbiri doirasida o‘quvchi-yoshlar tomonidan 200 dan ortiq manzarali va mevali ko‘chatlar ekilib, maktab hududida ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish tadbirlari uyushqoqlik bilan o‘tkazildi. Yurtimizda yashil olam qanchalik katta hududni egallasa, shuncha osmonimiz musaffo bo‘ladi.