2022-yil 10-sentyabr kuni Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o’quvchilari bilan “Kitob va kitobxonlik” loyihasi doirasida “Yosh kitobxonalar bilan tabiat qo’ynida ochiq dars!” tashkil etildi.

Ochiq dars davomida o’quvchilar badiiy adabiyotlar orasidan o’zlari tanlagan janrlari bo’yicha tengdoshlari bilan qizg’in suxbat olib bordilar.
Bundan, har bir o’quvchining dunyoqarashi kengligini ular o‘qigan detektiv, fantastik, komediya va badiiy yo‘nalishdagi roman, hikoya, qissa va she’rlardan maqsadli foydalangan holda hozirjavobliidan bilindi.

Kitoblar zamon to’lqinlarida suzuvchi va o’zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga avaylab eltuvchi tafakkur kemalaridir, deydi donolar. Yoshlarni tafakkur kemalariga jalb qilsak, ular mutolaani sevimli mashg’ulotiga aylantiradi.