📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 14-fevral sanasida ulug’ shoir, buyuk hukmdor, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi keng nishonlandi.

📚 Tadbirda filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos olim, dotsent Ahmedov Hoshimjon Hakimovich o’quvchilarga Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. Nazm va navo kechasida ijodkor qalamiga mansub g’azal va ruboiylar aytildi.

🎵 Iste’dodli o’quvchilar raqs va qo’shiqlar bilan ishtirok etib, tomoshabinlar e’tirofiga sazovar bo’lishdi. Bundan tashqari, bolalarning Zahiriddin Muhammad Bobur hayot va ijod yo’liga oid bilimlarini sinovdan o’tkazish uchun viktorina tashkil etilib, g’oliblar taqdirlandi.

⭐️ Zero ajdodlar bilan faqat faxrlanish — bu shunchaki quruq aks-sado. Haqiqiy sadoqat esa ularning hayotini o‘rganib, ezgu ishlaridan ibrat olmoq va ularga munosib voris bo‘lmoqdir.