Bahorning ilk kuni ushbu shior ostida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavalludining 108 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim izdoshlari” ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
Ko‘rik tanlovda o‘quvchilar quyidagi shartlar bo’yicha bellashishdilar:
1️⃣ Soch turmaklash
2️⃣ Zulfiyaxonim hayoti va ijodiga doir savob-javoblar
3️⃣ Pazandachilik
4️⃣ Tikish mahorati
5️⃣ Erkin mavzu
Ko‘rik tanlov davomida barcha ishtirokchilar Zulfiyaxonimning haqiqiy izdoshlari ekanliklarini yana bir bora namoyish etdilar.
Ko‘rik tanlov yakunida ishtirokchilar turli nominatsiyalar bo’yicha diplomlar va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar







