8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami

8 mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Bugun Аbu Аli ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internatida “8 mart — Xotin-qizlar kuni” munosabati bilan dars mashgʼulotlari boshlanguniga qadar soat 07.00 dan 08.00 gacha oʼquvchilarning tashabbuslari bilan maktab-internat hovlisida saf tortgan oʼgʼil bola oʼquvchilar tomonidan barcha ayol oʼqituvchilar va qiz bola oʼquvchilarga bayramga bagʼishlangan ezgu niyatlar va tilaklar bildirildi.

Shunday ahil oʼquvchilar jamoasi shakllanganligidan biz pedagog xodimlar xursandmiz. Farzandlaringizga bergan tarbiyangiz uchun Sizlardan minnatdormiz.