Hurmatli hamkasb munis ayollar!
Bahorning ilk bayrami, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga uzoq umr, sihat
-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-barakа, o‘zingizga esa oddiy AYOLLIK BAXTIni tilab qolamiz.
Ilohim har bir kuningiz bayram, har bir oningiz bahor bo‘lsin. Doimo bahor gullariday chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishingiz
tilakdoshimiz!
