“Dunyodagi tengdoshlarimdan qolishmasligimni oʼzimga isbotlashni xohladim” — Mendeleev olimpiadasi gʼolibi

“Men ham oʼrtoqlarim bilan vaqt oʼtkazishni xohlardim, lekin men qoʼygan maqsad xohishlarimdan kattaroq edi. Chunki bu olimpiadada qatnashish boʼyinga tushdimi, yurtning sharafini munosib himoya qilish kerak”, deydi 56-Mendeleev olimpiadasida oltin, 54-Xalqaro kimyo olimpiadasida kumush medalni qoʼlga kiritgan Аzimjon Jamolov.