Olmazor tumani FVB profilaktika va nazorat inspektori mayor Z.Gayibnazarov joriy yilning 26-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi

Tashrif davomida maktabda olib borilayotgan ta’mirlash va jihozlash ishlari bilan yaqindan tanishdi. So‘ng o’quvchilarga yong’in xavfsizligi qoidalari haqida ma’lumot berdi. Yong‘inga qarshi vositalarini ishlatish tartibini tushuntirdi. Suhbat davomida o’quvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.