Eslatib o‘tamiz, mazkur nufuzli olimpiada bu yil ikkinchi bor o‘tkazilib, unda dunyoning 12 davlatidan 94 nafar iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etdi.
🏆 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabdan 2 nafar o‘quvchi ishtirok etib, 2 ta medalni qo‘lga kiritdi:
🥈 Zafarova Nodira — kumush medal sohibasi
🥉 Komronbek G‘ofurjonov — bronza medal sohibi
✅ Yoshlarimiz biologiya fanidan o‘z bilim va salohiyatini namoyon etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildilar. Bu yutuq — ularning tinimsiz mehnati, ustozlarining fidoyiligi va ota-onalarining qo‘llab-quvvatlashi samarasi.
🌟 Ushbu muvaffaqiyat yurtimiz yoshlarining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi ortib borayotganining yorqin dalilidir. Ishonamizki, ular kelajakda yanada katta yutuqlarga erishib, Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadilar.
♥️ Yosh iqtidor egalarini samimiy tabriklaymiz va ularga yangi zafarlar tilaymiz!



