📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Ertalabki saflanish” tadbiri bo’lib o’tdi

☑️ Tadbirda o’tgan hafta davomida ta’lim-tarbiya jarayonida erishilgan yutuqlar va mavjud bo’shliqlar sarhisob qilindi. Boshlangan yangi haftada amalga oshirilishi lozim bo’lgan dolzarb vazifalar yuzasida ko’rsatmalar berildi.

⚡️Shuningdek, o‘quvchilarning biologiya va kimyo yo‘nalishidagi mustaqil ilmiy-tadqiqot ishlari bo’yicha mahalliy va xalqaro jurnallarda o’z maqolalarini yoritgan 18 nafar o’quvchilar munosib rag’batlantirildi.