📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 8-9-sinf o’quvchi qizlari o’rtasida “Hayo – xaloskordir” nomli ko’rik tanlovi bo’lib o’tdi.
⚡️ Tanlovda o’quvchi qizlar quyidagi shartlar doirasida o’z mahoratlarini namoyish etdilar:
- Tanishtiruv ( noodatiy tarzda, 5-8 daqiqa);
- Savol-javob ( tibbiyotga doir);
- Soch turmaklash ( did bilan);
- Erkin mavzu.
⚡️ Yakuniy natijalarga ko’ra:
🥇 I o’rinni: Negmatova Hulkar – 8-“A” sinf o’quvchisi;
🥈 II o’rinni: Safarbayeva Dilnavoz – 9-“V” sinf o’quvchisi;
🥉 III o’rinni: Abdukarimova Dildora – 9-“A” sinf o’quvchisi qo’lga kiritdi.
🎁 G’olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.


