Jadidlar g‘oyalari yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan hamohangdir.

Shavkat Mirziyoyev.

📣 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o’quvchilari Tashkent City Mall’da bunyod etilgan “Jadidlar.Turkistonga maktublar” nomli multimediaviy ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi.

✔️ Fotosuratlar, xatlar, videolar, hujjatlar, ovozli ma’lumotlardan iborat ekspozitsiya 1922-yili Germaniyaga o‘qishga yuborilgan 73 nafar turkistonlik talaba haqida hikoya qiladi.

✔️ Turkiston ziyolilarining yurtni rivojlantirish yo‘lida bir-birini uyg‘onishga, ilm olish, sanoatni rivojlantirish, o‘lka boyliklaridan shu xalqning o‘zi foydalanishi lozimligini yozgan maktublari ovozli tarzda hikoya qilingan.

✨ Maktab o’quvchilari tashrif davomida ilmiy hamda tarixiy ma’lumotlarni tinglab o’zlari uchun xulosa chiqardilar.