📌 Xabaringiz bor, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi va Toshkent Tibbiyot Akademiyasi hamkorlikda 2023-yil oktabr – dekabr oylari davomida 11-sinf o’quvchilari uchun 36 soatga mo’ljallangan “Kichik tibbiy xodim” o’quv kursi tashkil etilib, ushbu kurs to’liq yakunlangan edi.

✅ 2024-yil fevral oyidan boshlab, o’quvchilarning tibbiyot sohasidagi bilim va ko’nikmalarini yanada oshirish va ularni qo’llab quvvatlash maqsadida Toshkent Tibbiyot Akademiyasi bilan yana bir hamkorlik rejasi tasdiqlandi. Endi o’quvchilarimiz umumiy 18 soat uchun mo’ljallangan “Massaj asoslari” o’quv kursida o’qish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

📆 Bugun, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi reabilitologiya xalq tabobati va jismoniy tarbiya kafedrasi dotsenti Adilov Shuxrat Qayumovich va kafedra asisstenti Sharipov Ulug’bek Abduraxmonovich tomonidan ushbu kursning birinchi dars mashg’uloti o’tkazildi..