Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida maktab prezidenti lavozimj joriy etilib, 30-oktabr sanasida saylov jarayonlari bo’lib o’tgan edi.
✅ Bugun saylovchilar ovozi va sanoq komissiyasi yakuniy qaroriga ko’ra natijalar e’lon qilindi.
✔️ Unga ko’ra maktab prezidenti etib
Madrimov Jamshid, maktab vitse-prezidenti etib Haydarova Gulyora saylandi.
📌 Ma’lumot uchun, saylov jarayonlarida 510 nafar ya’ni maktabning 98 foiz o’quvchilari ishtirok etishdi.

