✔️ Ilm bebaho boylik, uni egallash oson ish emas. Ulamolar ilm olishni igna bilan quduq qazishga o‘xshatishgan. Inson shunday bebaho xazinaning sohibi bo‘lishida ustozning o‘rni beqiyosdir.

📌 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 1-oktabr-“O’qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o’tkazildi.

✔️ Tadbirda ilm yo’lida jonbozlik qilayotgan aziz ustozlarimiz uchun ajoyib sahna ko’rinishlari namoyish etilib, tabriklar va ularni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar kuylandi.

✔️ Bayram tadbiriga estrada xonandasi Sardor Bekmurodov tashrif buyurdi va o’zining go’zal kuy-qo’shiqlari bilan barcha o’qituvchilarimizni xushnud etdi.