🎥 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida o’quvchilarni boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida komedik janrda suratga olingan “Qarol” filmi namoyish etildi.

📌 Ushbu film qahramoni Grisha erkatoy va tanti boʻlib voyaga yetadi. Umidsiz qolgan otasi oʻgʻlini tuzatish uchun haddan tashqari choralar koʻradi va unga noyob loyihani taklif qilishadi.
XIX asrdagi Rossiyaning tabiati va qishloq sharoiti qayta tiklanib goʻyo Grishani oʻtmishga tushib qolgandek koʻrasatishadi. Bu ishlardan asosiy maqsad uni milliy qadriyatlarini qayta tiklash edi.

⚡️ “Qarol” filmi o’quvchilarda katta taassurot qoldirdi.