✅ Kechadan Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida umumta’lim maktablari, nodavlat ta’lim muassasalari, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi maktablar, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari o’quvchilari o’rtasida 2023/2024-o’quv yilida umumta’lim fanlari bo’yicha asosiy olimpiadaning 3-(shahar) bosqichi boshlandi.

❇️ Olimpiadaning birinchi bosqichida barcha 9-11- sinf o‘quvchilari ishtirok etib, to‘g‘ridan to‘g‘ri shahar bosqichida g‘olib bo‘lgan 30 nafar o’quvchi ishtirok etishi ko’zda tutilgan.

🔰Unda o’quvchilar 4 – 9-noyabr kunlari o’tadigan matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan asosiy fan olimpiadasining Toshkent shahar bosqichi g’oliblarini aniqlab berishadi.