Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarining yuksak natijalari ortida ustozlarimizning ulkan hissasi borligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi.
🗓 11-aprel kuni bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida o‘quvchilarimizni tayyorlagan ustozlarimiz ham alohida e’tirof etildilar.
👏 Xususan, Farmatsevtika texnik universiteti rektori Abdumalik Abduvaxabovich hamda Fan olimpiadalari markazi direktori To‘raboy Yusupboyevich tomonidan ustozlarimizning fidokorona mehnati yuqori baholanib, ularga samimiy minnatdorchilik bildirildi.
🎤 Tadbir davomida maktab direktori Bekov Baxtiyor Muratxodjayevich so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-martdagi PF-35-son Farmoni asosida ta’lim sohasida yaratilayotgan keng imkoniyatlar, zamonaviy shart-sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
👏 Fidoyi ustozlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz va ularga kelgusida yanada katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!



