📌 Joriy yilning 5-oktabr kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchilari poytaxtimizning ko‘ngilochar maskanida bo’ldilar.

✔️ Dastavval Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog’da barpo etilgan Adiblar xiyoboniga tashrif buyurildi. U yerda oʻquvchilar Milliy adabiyotimiz va madaniyatimiz ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk o‘zbek mutafakkirlari, yozuvchi hamda shoirlarining hayot va faoliyatlari bilan tanishishdi.

✔️ Soʻngra “Magic City” zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ida bo’ldilar. Yaqin yillarda yevropacha uslubda bunyod etilgan bu dam olish maskaniga kirish bilan diqqat-eʼtiborni ko‘m-ko‘k bo‘lib chayqalib turgan suv havzasi tortdi. Chor-atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan bu maskanda dam oluvchilar ehtiyojiga mos barcha imkoniyatlar yaratilgan.

😊 Poytaxtimizga uyushtirilgan sayohat o’quvchilar uchun esda qolarli bo‘ldi.