🗓 5-dekabr, “Xalqaro tuproq kuni” munosabati bilan, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning ekofaollari Al-Xoramiy nomidagi AKT maktabiga tashrif buyurishdi!
O’quvchilarimiz tuproqning tabiat va ekotizimdagi ahamiyati to’g’risida qiziqarli trening o‘tkazdilar.
Trening davomida quyidagi mavzular bo’yicha suhbat bo’lib o’tdi:
- Tuproqning ekologiya barqarorligidagi roli🌿
- Uni ifloslanishdan himoya qilish usullari♻️
- Tuproqning o‘simlik va hayvonot olami rivojiga ta’siri🌏
Al-Xorazmiy maktabiga qiziqarli suhbat uchun minnatdorchilik bildiramiz 💚









