60-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan o‘quvchilarimiz bugun tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

🇺🇿 Quvonarlisi, ushbu nufuzli olimpiadada qo‘lga kiritilgan O’zbekiston terma jamoasiga tegishli 11 ta medalning 7 nafari aynan Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilari hissasiga to‘g‘ri keladi.

✅ Bu esa maktabimiz o‘quvchilarining yuqori bilim saviyasi va ustozlarimizning fidokorona mehnatining yaqqol natijasidir.

📌 Ma’lumot uchun: 
Vazirlar Mahkamasining qaroriga (https://lex.uz/docs/-5621189)
muvofiq, ushbu xalqaro olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

♥️ Yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin, aziz o‘quvchilar!