O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Bo‘riyev Dilshod Kubayevich va vazirlikning yoshlar yetakchisi – Jumanazarov Dilshod Shuxratovich ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.