2022-yil 11-mart kuni maktabning tashabbuskor va faol biologiya fani oʻqituvchisi Ochilova Marhabo tomonidan “Organizmlarning jinsiy va jinssiz koʻpayishi” mavzusida “Ochiq dars” mashg‘uloti oʻtkazildi.

2022-yil 11-mart kuni maktabning tashabbuskor va faol biologiya fani oʻqituvchisi Ochilova Marhabo tomonidan “Organizmlarning jinsiy va jinssiz koʻpayishi” mavzusida “Ochiq dars” mashg‘uloti oʻtkazildi.
2022-yil 7-mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida erta tongdan barcha o’g’il bola o’quvchilar va ustozlar tashabbusi bilan “Sen aziz va muqaddassan ayol!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilar ijrosidagi she’rlar, badiiy chiqish va raqslar bayramga o‘zgacha ruh bahshida etdi. Bayram so‘ngida […]
Hurmatli hamkasb munis ayollar!
Bahorning ilk bayrami, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan samimiy tabriklaymiz. Barchangizga uzoq umr, sihat
-salomatlik, xonadoningizga tinchlik-osoyishtalik, dasturxoningizga qut-barakа, o‘zingizga esa oddiy AYOLLIK BAXTIni tilab qolamiz.
Ilohim har bir kuningiz bayram, har bir oningiz bahor bo‘lsin. Doimo bahor gullariday chiroyli, nafis, go‘zal va betakror bo‘lishingiz
tilakdoshimiz!
Аbu Аli ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʼz pedagogik faoliyatini boshlagan kunidan iqtidorli oʼquvchilarni ilmiy faoliyatga yoʼnaltirishni asosiy maqsadlaridan biri deb belgilagan. Mazkur faoliyatni amalga oshirish uchun maktab pedagoglari tomonidan “Ilm sari ilk qadam” oʼquv qoʼllanmasi yaratilgan boʼlib, oʼquvchilar oʼz izlanishlarini shu asosda tashkil etmoqdalar.